Zidan “Real”ning YCHLdagi muvaffaqiyatlarining siri haqida gapirdi

25 may 2018, 23:51
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan ertangi YCHL finali oldidan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Klop va menining o'xshash jihatlarim nimada? Albatta, futbolchi sifatida unga nisbatan biroz yaxshiroq bo'lganman. Jiddiy aytadigan bo'lsak, men Kloppni juda hurmat qilaman, u judayam tajribali mutaxassis. U hayratlanarli ishni amalga oshirdi. Bizning o'xshash taraflarimiz haqida gapirolmayman, chunki biz bir birimizdan farq qilamiz. Ammo men uni juda hurmat qilaman.

“Real”ning qatorasiga uchinchi marta finalga yo'l olishiga nima sabab bo'layapti? Bu tinimsiz mehnat va iqtidor. Finalga qadar yetib kelish bu oson ish emas.

Biz ertangi bahsda o'zimizni favorit sifatida ko'rmayapmiz. Umuman olganda bu bahsda favorit yo'q. Imkoniyalar 50-50. Ruhiy tomondan qanchalik ko'p bosim bo'lsa, shuncha bu yaxshi. Biz navbatdagi bor finalda ishtirok etishimiz yoqimli. Final kuni ajoyib kun. Bunaqa kunni takrorlab bo'lmaydi. Shu bois undan to'liq rohat olish kerak”, deydi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.com