Zidan: “Qishda jamoani hech kim tark etmaydi, yangilar esa..”

26 noya 2017, 02:18
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan La liganing 13-turida “Malaga” (3:2) ustidan qozonilgan g'alaba haqida gapirdi.

“Biz yaxshi o'yin ko'rsatdik, tezkor gol urdik. Bu muhim edi. Ammo keyinchalik hammasi o'zgarib ketdi. Ikkinchi bo'limda bizga qiyin bo'ldi. Natijadan xursandman, ammo hammasi biz xohlagandek bo'lmadi.

Bizga o'z uyimizda to'p tepish maroqli. Bu stadionga keladigan raqiblarimiz tabir joiz bo'lsa, hayot-mamot o'yinida maydonga chiqqandek to'p tepishadi.

Uch ochkoni qo'lga kiritdik va o'ylaymanki, vaziyatni o'nglasha imkon bor. Hozir bizga etti yaxshi uchrashuvni o'tkazishimiz talab etiladi.

Yanvardagi transferlar? Jamoadan aniq hech kim kyetmaydi. Yangilar haqida gapiradigan bo'lsam, har narsa sodir bo'lishi mumkin. Ko'ramiz”, deydi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca