Zidan Pogbani xarid qilishni so'rayapti

Aslanov Jasurbek
9 iyun 2016, 11:41
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan o'z jamoasida "Yuventus" yarim himoyachisi Pol Pogbani ko'rmoqchi.

Fransiyalik mutaxassis "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peresdan Pogbani sotib olishni so'ragan. Peres ham bu xaridga qarshi emas, ammo "Real" bu transferni amalga oshirishi qiyin bo'ladi. "Keksa sinora" sobiq ustozi Machelo Lippining takidlashicha, klub iqtisodiy o'sishga erishgan va 80-100 mln. evrolik takliflarga rad javobini bera oladi. "Real" kelishuvga o'z futbolchilarini ham qo'shsa, transfer osonlashishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS