Zidan otdan yiqildi

Оқил Абдубарноев
25 sen 2022
Fransiyalik taniqli mutaxassis Zinedin Zidan otdan yiqildi.

Fransiya afsonasi otlarga ishqiboz sanaladi hamda ular bilan sayr qilishni xush ko'radi. Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda uning ayg'ir ustidan yiqilgani va mohirona tarzda o'zini o'nglab olgani aks etgan video tarqaldi.

Ot kutilmaganda muvozanatni yo'qotib, yiqildi; Zidan esa yiqilishda ham professionallarga xos harakat qildi.


Ayrim ijtimoiy tarmoq a'zolari uni Jeyms Bondga qiyosladi.

Eslatib o'tamiz, "Zizu" 2021 yil "Real Madrid"ni tark etganidan buyon ishsiz. 


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Football Espana