

Portugaliyalik bu o'yinni golsiz tark etdi, ammo o'z hisobiga ikkita golli pas yozdirib qo'ydi.
"Muxlislar doimo Ronaldudan xet-trik kutishadi, ammo u bugun jamoadoshlari uchun ko'plab vaziyatlar yaratdi. Biz har bir futbolchimizning ishidan mamnunmiz. Bazida Krishtianudan ko'pini kutishimiz haqiqat. Barchamiz u ko'p gol urishni istaymiz. Ronalduda imkoniyatlar bo'ldi, ammo u vaziyatlardan foydalana olmadi.
Asosiysi unda imkoniyatlar bo'ldi, u jamoadoshlariga assistentlik qildi, dam olish kunida esa gol urdi. Biz doimo undan ko'prog'ini talab qilamiz va kutamiz - chunki u Krishtianu" - deydi Zidan.



