Zidan murabbiy sifatida ikki finalda qatnashdi va ikkalasida g'olib bo'ldi

Narzulla Saydullayev
4 iyun 2017, 08:15
Real ketma-ket ikkinchi yil YCHLda g'olib bo'ldi.

Kardiffdagi finalda Zinedin Zidan boshchiligidagi jamoa Yuventusni mag'lub etdi (4:1). Shu tariqa, francuz murabbiy sifatida YCHLda ikkinchi finalda qatnashib ikkalasida ham g'olib bo'ldi.

Zidan 1990 yildan buyon Yevropa chempionlar kubogini ketma-ket ikki marta qo'lga kiritgan birinchi murabbiy bo'ldi. 1990 yilda Arrigo Sakki Milan bilan shunday natija qayd etgandi. 1992 yildan boshlab musobaqa Yevropa chempionlar ligasi deb nomlangan. Aynan shundan keyin ketma-ket ikki mavsum chempion bo'lishni faqat Zidan uddaladi xolos.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/GracenoteLive