Zidan: "Muammo shundaki, Ronalduni almashtirib bo'lmaydi"

Aziz Tukhtamuradov
14 apr 2019, 17:55
"Real" bosh murabbiyi yozda "Yuventus"ga o'tib ketgan Krishtianu Ronaldu haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.

"Muammo shundaki, Krishtianuni almashtirib bo'lmaydi. U ketdi va biz albatta yangi futbolchilarni ham sotib olishimiz mumkin. Ammo, ishonchim komilki, yangi kelgan futbolchilar Ronaldu qilgan ishni qila olmaydilar.

U "Real" safida katta ishlarni amalga oshirgan. 

Men bir gapni takrorlayverib charchadim: biz xech narsa yuta olmaymiz. Ammo, mavsumni "Atletiko"dan yuqorida yakunlashga harakat qilamiz. Bu maqsadimiz", - dedi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: As