Zidan Monako bosh murabbiyi bo'lishi mumkin

Narzulla Saydullayev
10 apr 2014, 14:57
Monako mavsum tugagach Real murabbiyi Zinedin Zidanni taklif qilmoqchi.
Karlo Anchelottining yordamchisiga Dmitriy Ribolovlev qiziqib qoldi, deb xabar bermoqda L’Equipe nashriga.

Monakoning xozirgi murabbiyi Klaudio Ranerining klub bilan shartnomasi 2015 yilda tugaydi.

Klub ayni paytda Fransiyada 2-o'rinda bormoqda. Peshqadam PSJdan 13 ochko ortda qolmoqda.

Oldinroq 2016 yilda Zidan Real bosh murabbiyi bo'lishi xabar berilgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru