Zidan: "Messining "Barselona"dan kyetishini istamayman"

Mirjalol Normatov
9 apr 2021
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan Kataloniya klubi sardori Leo Messi haqida fikr bildirdi.

"Bu Messining so'nggi "El Klasiko"si bo'lishini istamayman. U "Barselona"da qolsin. Bu er uning uchun yaxshi joy. Undan tashqari, Messining qolishi LaLigaga ham foydali bo'lardi", - dedi Zidan.

Argentinalik futbolchining "Barselona" bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi. Hozircha tomonlar shartnomani uzaytirish borasida bir qarorga kelishmagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal