Zidan: "Men qaytaman"

Mirjalol Normatov
12 okt 2025
Zinedin Zidan murabbiylik faoliyatiga qaytishi haqidagi savolga javob berdi.

"Albatta, murabbiylik faoliyatimga qaytaman.

"Yuventus"da ishlash? Bu nimaga amalga oshmaganini bilmayman. "Yuventus" doimo yuragimda, klub menga juda ko'p narsalarni bergan.

Kelajakda meni nimalar kutayotganini bilmayman. Asosiy maqsadlarimdan biri - Fransiya termasini boshqarish. Qolganini ko'ramiz", - dedi "Yuventus", "Real" kabi jamoalarning sobiq futbolchisi.

Eslatib o'tamiz, JCH-2026dan keyin Dide Desham Fransiya termasi boshqaruvini tark etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com