Zidan: "Keyn - hart tomonlama rivojlangan futbolchi"

Aslanov Jasurbek
16 okt 2017, 18:58
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Tottenxem"ga qarshi Chempionlar ligasining 3-tur uchrashuvidan oldin, raqib jamoa hujumchisi Garri Keynni maqtadi.

"U juda muhim futbolchi, "Tottenxem"ning asosiy o'yinchilaridan hisoblanadi. Keyn - har tomonlama rivojlangan futbolchi. U kuchli ekanligini bilamiz, "Tottenxem" - juda yaxshi jamoa va biz bu o'yinga munosib tayyorgarlik ko'ramiz" - deydi Zidan.

Oldinroq, oktyabr boshida "Real" Keyn uchun 200 mln. evro sarflamoqchi edi.

"Real" - "Tottenxem" uchrashuvi 17 oktyabr kuni Madridda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror