Zidan ketsa, o'rniga Raul keladi

Sherzod Nurmatov
16 may 2021, 00:15
Madridning "Real" klubi rahbariyati Zinedin Zidanni bosh murabbiylik lavozimidan ketgan taqdirda uning o'rnini kim egallashini ma'lum qildi.

"Marca" xabariga ko'ra, "qirollik klubi" xo'jayinlari "Kastilya" ustozi Raul Gonsales Blankoni tanlashgan.

Ma'lum qilinishicha, 43 yoshli ispaniyalikning nomzodi deyarli barchaga maqul.

Avvalroq Zidan manaviy charchoq va prezident Florentino Peres tomonidan qo'llab-quvvatlanmagani sababli "Real"dan ketishini aytgandi.

Raulga Frankfurtning "Ayntraxt" klubi ham qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca