Zidan karantin qoidalarini buzganligi uchun 1500 evro miqdorida jarimaga tortildi

Alisher
25 may 2020, 11:32
"Real" bosh murabbiyi o'zini-o'zi izolyaciya qilish qoidalarini buzdi.

Mutaxassisni Madrid yaqinida ko'rishgan. Bu haqda metaratings.ru sayti xabar bermoqda.

Ispaniyada karantin qatiy tartibda olib borilmoqda: Madridni faqat favqulodda holatlardagina tark etish mumkin. Ispaniya qonunchiligiga ko'ra, Zidan 1500 evro miqdorida jarimaga tortiladi.

Eslatib o'tamiz, "Real" 27 turdan so'ng 56 ochko jamg'argan holda, yetakchi "Barselona"dan ikki ochko ortda bormoqda.

"Real" o'yinchilari aprel oyi boshida maoshlarining 10%ga qisqarishiga rozi bo'lishgandi.


Manba: metaratings.ru

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif