Zidan kalla qo'ygan futbolchi: Bu inson oldida shlyapamni echaman

Eldor Akmurzayev
5 apr 2019, 21:40
Italiyalik sobiq futbolchi Marko Materacci payshanba kuni Rossiyaning Sochi shahrida JCH-2018 musobaqasi doirasida yig'ilgan plastik idishlardan tayyorlangan o'ziga xos futbol maydonining ochilish marosimida qatnashdi.

Mahalliy nashrlardan biri Markoning Zidan bilan aloqalari qanday ekanligiga qiziqdi.

Yo'q, afsuski, u bilan anchadan beri ko'rishmadik. Umuman Zidan bilan aloqalarimiz yaxshi emas. Zidan haqida aytadigan yagona gapim, uni jahon chempioni va murabbiy sifatida erishgan yutuqlari uchun qattiq xurmat qilaman. Bu inson oldida shlyapamni echaman, - deya javob qilgan sobiq himoyachi.

Eslatib o'tamiz, 2006-yilgi mundialning Italiya hamda Fransiya o'rtasidagi hal qiluvchi bahsning ekstra taymlarining ikkinchisida Marko Materacci Zidanni haqorat qiladi. Oqibatda, Fransiya sardori jahl bilan Markoning ko'krak qismiga kalla bilan zarba berib, uni maydonga qulatadi. Mazkur vaziyat uchun hakam Zidanga qizil kartochka ko'rsatib, o'yindan chetlatadi. O'sha yilgi mundialda esa Squadra Azzurra penaltilar seriyasida g'olib bo'lgan holda musobaqaning to'rtinchi chempionlik titulini qo'lga kiritadi. 

Avvalroq, Materacci  Goal.com nashriga bergan intervyusida xatosini tan olib, noto'g'ri ish qilganini tan olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Metronews