Zidan: Inesta “Oltin to'p”ga loyiq edi

28 apr 2018, 09:32
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan Andres Inestaning mavsum oxirida “Barselona”ni tark etish qarori haqida gapirdi.

“Maydonda borini beradigan, uning tashqarisida esa sokin hayot kechiradigan futbolchilar menga yoqadi. Inesta tomon faqat yaxshi fikrlar bildira olaman, men uning o'yinidan rohatlanaman. Unga ham futbolchi, ham inson sifatida eng ezgu tilaklarni tilayman. U “Oltin to'p”ga loyiq edi. Ayniqsa, Jahon chempionatida g'alaba qozonganda”, - deydi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com