Zidan IFFHS talqini bo'yicha 2018 yilning eng yaxshi murabbiyi deb topildi

30 noya 2018, 09:56
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2018 yil yakuniga ko'ra, dunyoning eng yaxshi klub murabbiylarini ma'lum qildi.

Bosh sovrin “Real”ni qatorasiga 3 marta YCHL g'olibiligiga boshlab kelgan Zinedin Zidanga nasib etdi. Fransiyalik mutaxassis so'rovnomada 296 ovoz to'pladi. Ikkinchi o'rinni “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp (109 ovoz), uchinchi o'rinni “Manchester Siti” ustozi Xosep Gvardiola (105 ovoz) band etdi. Kuchli beshlikka Diego Simeone (48 ovoz) va Massimiliano Allegri (33 ovoz) ham kirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: IFFHS