Zidan Fransiya terma jamoasini boshqarmoqchi, u Deshamning iste'fosini kutishga tayyor

Aziz Tukhtamuradov
8 sen 2021, 09:54
Zinedin Zidan Fransiya terma jamoasida faoliyat olib borishni istaydi.

So'nggi natijalar sabab Fransiya terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi Dide Deshamning kursisi qimirlab qolgan. 

Zidan esa agar Desham iste'foga chiqariladigan bo'lsa, ushbu lavozim uchun asosiy nomzod sifatida qayd etilmoqda. 

O'tgan mavsum oxirida "Real"ni tark etgan Zidan klublarda ishlashga shoshilmayapti. U Fransiya terma jamoasida bosh murabbiy lavozimi bo'shashini kutishga tayyor. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: lefigaro.fr