Zidan: “Ertaga ikkita buyuk jamoaning to'qnashuvi bo'ladi”

Aslanov Jasurbek
12 apr 2017, 01:15
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan Chempionlar ligasi pley ofida jamoasining “Bavariya”ga qarshi kechadigan bahsi haqida to'xtaldi.

“Men Karloni, u ham meni yaxshi biladi. Ammo bu hozir muhim ahamiyatga ega emas. Ertaga ikkita buyuk jamoa to'qnashadi, men va Karlo emas.

Men birinchi marta Frank Riberini ko'rganimdayoq, o'shanda u juda yosh edi, Frank jangovarlik xislati bilan ajralib turardi. Keyingi kuni u menga nimadir uloqtirdi...

Germaniyada u har tomonlama jamoasiga foyda keltirmoqda. Frank “Bavariya” uchun muhim futbolchi”, deydi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: УЕФА расмий сайти