Zidan Del Boske bilan tenglashib oldi, yuqorida esa faqatgina Munos bor

Eldor Akmurzayev
19 iyun 2020, 21:58
La Liganing 29-turida Real safarda Valensiyani yirik (3:0) hisobda taslim etdi.

Mazkur muvaffaqiyat madridliklar ustozi Zinedin Zidan uchun Realda qo'lga kiritgan 133-si bo'ldi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha Zidan Visente Del Boske bilan tenglashib oldi.

Zidan 201, Del Boske esa 246 o'yinda mazkur natijaga erishgan. Real ustozligidagi g'alabalar va o'yinlar soni bo'yicha mutlaq rekord Migel Munosga tegishli – 605 uchrashuv, 357 zafar.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football.ua