Zidan Braziliya termasi ustoziga aylanishi mumkin

Sherzod Nurmatov
15 dek 2022, 11:26
Braziliya terma jamoasi JCH-2022dan keyin murabbiysiz qoldi.

Madridning "Real" klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan Braziliya termasi boshqaruviga kelishi mumkin.

"OK Diario" xabariga ko'ra, Braziliya futbol federatsiyasi "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardioladan umidvor. Agar ispaniyalik mutaxassis taklifni rad qilsa, mas'ullar Zidan variantiga murojaat qilishadi.

Eslatib o'tamiz, 61 yoshli Tite "selesao" JCH chorak finalida Xorvatiyaga yutqazgach Braziliya murabbiyligidan ketgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ok Diario