Zidan: “Bor e'tibormizni bir joyga jamlay olsak, bizni mag'lub etish qiyin”

19 iyun 2020, 07:21
Zidan “Valensiya” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“La Ligadagi barcha o'yinlar qiyin, ayniqsa darajasi “Valensiya”niki kabi bo'lgan klublarga qarshilari. O'yindan qoniqdim, ikkinchi bo'lim yaxshi o'tdi. Bu haqli qo'lga kiritilgan uch ochko. Bugun raqibdan ustun bo'la olganimizni aytishim mumkin. “Eybar”ga qarshi bahsning 1-bo'limida yaxshi o'yin namoyish etib, ikkinchi bo'limda juda yomon o'ynagandik. Agar bor e'tiborimizni o'yinga qaratsak, bizni mag'lub etish oson emas. Asensioning goli faqat uning uchun emas, balki biz uchun ham ko'p narsani anglatadi. Uning maydonga tushishini va birinchi o'yindayoq gol urishini ko'rishdan xursandmiz”, - deydi Zidan.

Ma'lumot uchun, “Real” 21 iyunda La Liganing navbatdagi turini “Real Sosedad”ga qarshi safarda o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca