Zidan - Beylning ketishi haqida: "Mavsum yakuniga qadar ko'rib chiqamiz"

Mirjalol Normatov
31 mar 2019, 11:11
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan hujumchi Garet Beylning jamoadan ketishi mumkinligi haqida gapirdi.

"Garet - jamoaning muhim futbolchisi. U bu jamoada, ayniqsa, YCHL finalida qanday o'yin ko'rsatganini yaxshi bilamiz. Hech kim uning zo'r futbolchi ekanligini inkor qila olmaydi. U jamoaga ko'p narsani bera oladi. Shu boisdan Beylni hisobdan chiqarib bo'lmaydi.

Mavsumdagi so'nggi 10 o'yinni g'alaba bilan yakunlamoqchimiz. Shu vaqt oralig'ida uning harakatlarini ko'rib chiqamiz. Biroq bu nimadir o'zgaradi degani emas", - dedi Zidan.

Uelslik futbolchining xizmatlariga "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS