Zidan Beyl haqida ochiqchasiga gapirdi

Aslanov Jasurbek
13 may 2019, 12:11
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa hujumchisi Garet Beyl "Real Sosedad"ga qarshi bahs (1:3) qaydnomasida yo'qligi haqida tushuntirish berdi.

"Beyl keyingi bahsda o'ynaydimi, yo'qmi, bilmayman. Jismonan uning ahvoli joyida. Barcha harakatlarim tushunarli deb o'ylayman" - deydi Zidan.

Oldinroq, Beyl "Vilyarreal"ga qarshi LaLiganing 36-tur o'yini qaydnomasiga ham kiritilmagan edi.

Joriy mavsum 29 yoshli forvard LaLiganing 29ta uchrashuvida maydonga tushib, 8ta gol urdi va 3ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca