Zidan: "Beyl bosimni engib o'tishi va o'zining eng yaxshi formasini tiklashi mumkin"

Aslanov Jasurbek
16 sen 2017, 21:14
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa hujumchisi Garet Beyl nomiga bo'lgan tanqidga izoh berdi.

"Hammasiga vaqt kerak, shu qatorda Beylga ham. Hozir u normal rejimda shug'ullana boshladi. Keyin esa u maydonda yaxshiroq natija ko'rsatishini istaymiz. Biroq hozircha bu borada xotirjammiz, chunki tez orada hammasi joyiga tushib ketadi.

U bosimni his qilyaptimi? Beyl bosimni engib o'tishi mumkin. Doimo uning transfer narxi haqida gapirishadi. "Real"ga o'tganimda, menda tezda ijobiy natijalarni kutishgan va avvaliga bu qimmatga tushgan. Asosiysi - futbolchining motivaciyasi va uning istagi. Biz Beylni eng yaxshi formasida kutyapmiz. U kerakli formasini tiklab olishiga shubha yo'q. Sabr kerak" - deydi Zidan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal