Zidan: "Azar debyutga tayyor, lekin, uni qachon tushurishni o'zim hal qilaman"

Eldor Akmurzayev
13 sen 2019, 23:45
Real bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa a'zosi Eden Azarning La Liga 4-turidan o'rin olgan Levantega qarshi bahsda ishtiroki to'g'risida fikr bildirdi.

Barchamiz Edenni ko'rishni xohlamoqdamaiz. Biroq, bizga va qolaversa unga ham juda yuqori bosim bo'lmoqda. Azar jismoniy jihatdan o'yinga tayyor, lekin, uni qachon tushurishni o'zim hal qilaman. Azarning jamoamizdagi debyutiga sabr-toqat hamda xotirjamlik bilan yondashishim zarur bo'ladi, – deya qayd etgan fransiyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, Real – Levante bahsi, 14-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:00da boshlanadi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca