Zidan Alabaning "Real"ga ehtimoliy transferi haqida gapirdi

Alisher
20 yanv 2021
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan "Bavariya" himoyachisi David Alabaning klubga ehtimoliy transferi haqida gapirdi.

"Hozirda David boshqa klub o'yinchisi hisoblanadi. Men u yerda ishlamayman, shu sabab barcha tafsilotlarni bilmayman. Men "Real"ni shug'ullantiraman va jamoani keyingi o'yinga tayyorlayman.

Bu yangiliklarga quloq solmoqchi emasman. Men uchun eng asosiysi - keyingi o'yinning natijasi", - deydi fransiyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, David Alabaning "Real" bilan 4 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishgani borasida xabarlar mavjud.


AlisherMuallif
Manba: beIN Sports