Zidan: "Agar Pogba transferga qo'yilsa, "Real" u uchun kurashadi"

Aslanov Jasurbek
30 mar 2019, 20:15
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidanning so'zlariga ko'ra, klub "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"Pogba menga yoqadi, uni yaxshi taniyman. U jamoaga katta foyda beradi, Pol qanday hujum qilish va himoyalanishni yaxshi biladi. Pogba maydonda hammasini to'g'ri bajaradi, ammo u mening jamoamda o'ynamaydi. Agar kelajakda u "Manchester Yunayted"ni tark etishga tayyor bo'lsa, "Real" Polning transferi uchun kurashishi aniq" - deydi Zinedin Zidan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: El Mundo Deportivo