Joze Mourinyu: "Kloze rekord o'rnatdi, lekin Ronaldo so'nggi 20 yillikning eng yaxshi futbolchisi"

Aziz Tukhtamuradov
9 iyul 2014, 19:55
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo Germaniya terma jamoasi hujumchisi Miroslav Klozeni o'rnatgan rekordi bilan tabriklab o'tdi.

"Kloze menga judayam yoqadi. Men uni faoliyatini va statistikasini judayam hurmat qilaman. Chunki uning statistikasi aql bovar qilmas darajada.

Uning 36 yoshda yarim finalda Braziliya terma jamoasiga gol urgani maqtovga loyiq.

U rekord o'rnatdi. Lekin, so'nggi 20 yillikning eng yaxshi futbolchisi deb Ronaldoni aytgan bo'lardim", – deydi Mourinyo.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru