Joze Mourinyo: "Jerrardni ijaraga olishga urinib ko'raman"

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2015, 10:14
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Liverpul"ga qarshi Angliya Kubogi yarim final uchrashuvidan so'ng (1:1), raqiblar sardori Stiven Jerrar Angliyani tark etishidan xafa ekanligini ta'kidladi.

Jurnalist unga matbuot-anjumanida Jerrardni olib qola olasizmi degan savolga, portugaliyalik uni ijaraga olaman deb xazillashdi.

"U Angliya Premer-ligasini tark etishidan afsusdaman. Yaxshi futbolchilar shu yerda qolishini istagan bo'lardim. Yuqori saviyada o'ynash uchun Jerrarda hamma narsa bor. Raqibimiz bo'lsada, uning ketishidan xafaman. Jerrardni qolishga ishontira olamanmi? Uni ijarada olib qolishga harakat qilaman" - deydi Mourinyo.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru