Joze Mourinyo: Vengerni xurmat qilaman

Narzulla Saydullayev
28 iyul 2013
Chelsi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Arsen Vengerni xurmat qilishini aytib o'tdi.
Venger – ajoyib yigit. Uni juda xurmat qilaman va bundan keyin ham xurmat qilishda davom etaman. Angliyadan ketganimdan so'ng u bilan bir necha marta uchrashdim.

Biz Yevropa va Jahon chempionatlari vaqtida uchrashdik va hatto birga ovqatlandik ham. Siz bitta liga klublarida ishlamasangiz bir-biringizni yaxshiroq bilib olar ekansiz.

Venger bilan futbol haqida gaplashish menga yoqdi. Arsen – juda aqlli murabbiy, u o'z fikrlari bilan o'rtoqlashishdan qo'rqmaydi. Men Vengerni xurmat qilaman.

Venger sovrinlarni yutmayapti? Bilasizmi sovrin yutmasdan turib ham klubga foyda keltirish mumkin. Buni u ajoyib tarzda uddalamoqda. Axir unga har yil kuchli klublardan taklif tushadi, ammo kyetmaydi, – deydi Mourinyo.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru