Joze Mourinyo: "Uchrashuvda faqat bitta jamoa g'alaba qozonishni xohladi"

30 noya 2014, 02:25
"Chelsi" ustozi Joze Mourinyo "Sanderlend" bilan bo'lgan bellashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Biz ochko ishlab oldik. Bu juda qiyin bahs bo'ldi. O'yin avvalidan faqat bir jamoa g'aaba qozonishni istadi. "Sanderlend"ning bu uchrashuvga tayyorlagan o'z strategiyasi bor edi va bu ish berdi. Men ularning tanlagan taktikalaridan nolimoqchi emasman. Himoyalanish bu jinoyat emas. O'z futbolchilarimga ham etirozim yo'q. Ular yaxshi harakat qilishdi. "Sanderlend"ga qarshi to'p surish har doim qiyin bo'lgan.


Manba: sports.ru