Joze Mourinyo: "Mayda xatolar ham ko'p narsani hal qiladi"

Aziz Tukhtamuradov
30 apr 2014, 09:32
"Chelsi" jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Atletiko"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yin oldidan jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

Atletiko – yaxshi jamoa. Ular yaxshi himoyalana oladilar va ko'plab gollar kiritadilar.

Ko'plab o'yinlarda g'alaba qozonishyapti. Chempionlar Ligasi yarim finaliga yetib kelishdi. Ispaniyadagi chempionlikdan ikkita g'alaba ajratib turibdi.

Uch mavsum davomida "Atletiko" bilan raqobatlashganman. Bu jamoaga hurmatim baland.

O'yinda mayda xatolar ham ko'p narsani har qiladi. Shu sababli o'yinda imkoniyatlardan maksimum ravishda foydalanish zarur. Futbolchilarga ishonaman.

Biz o'z maydonimizda o'ynayapmiz. Lekin, golli durang bizni qoniqtirmaydi. Shu sababli o'yindan oldin ustunlik kimda ekanligini aytish qiyin, – deydi portugaliyalik murabbiy.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru