Joze Mourinyo: “Demba Ba qishda “Chelsi”ni tark etmaydi”

“Chelsi” klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo hujumchi Demba Bani qishki transferlar oynasi mobaynida jamoani tark etmasligini ta'kidladi.

“Torres jarohat olgach, biz Demba Bani jamoada olib qolishga qaror qildik. U yaxshi o'yinchi va bizga hali kerak bo'ladi. Endi bor umidimiz Ba va Eto’Odan, ular bizga foyda keltirishlariga ishonamiz.

Shunday ekan keyingi o'yinda Demba yoki Samyuel maydonga tushadi. Olg'a yigitlar”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, avval berilgan xabarlarda Demba Bani “Inter” yoki “Fiorentina” ga o'tishi haqida aytilayotgan edi.


Manba: sports.ru