
"Juda ham xursandman. Ovoz berganlarga rahmat. Hech kim bir o'zi o'yinlarda g'alaba qozona olmaydi va jamoa hammasidan ustun! Barcha jamoadoshlarimga va "Benfika" rahbariyatiga rahmat" - deydi Jonas.
Yilning eng yaxshi murabbiyi nomi Jorje Jezushga ("Benfika") nasib etdi. "Benfika" darvozaboni Julio Sezar esa mavsumning eng yaxshi darvozaboni nomini qo'lga kiritdi. Yil kashfiyoti - Oliver Torres ("Portu").