Jerar Pike: “Men Krishtianu Ronaldudan hayratdaman. U xaqiqiy mashina”

Narzulla Saydullayev
19 okt 2013, 21:56
“Barselona” klubi himoyachisi Jerar Pike “Real Madrid” superyulduzi Krishtianu Ronalduga bo'lgan munosabati xaqida aytib o'tdi.

Krishtianu Ronaldu o'zgarmagan, u xaqiqiy mehnatkash va doimo olg'a intiladi. Men uning o'yinlaridan doimo hayratlanaman. U xaqiqiy mashina.

Krishtianu tabiatan juda ham kuchli va iqtidorli futbolchi. Lekin u erishgan yutuqlarida to'xtab qolmaydi va yana yangi marralarni zabt etishga harakat qiladi. U dunyoning eng kuchli 2-3 futbolchilari qatoridan joy oladi. Kimlar uchun esa, aynan u eng kuchlisi.

Shunday bo'lsa ham Ronaldu xarakatdan to'xtamaydi. Aynan shu jihat meni lol qoldiradi. Menimcha, aynan uning mehnatkashligi va raqobati Messining o'yini o'sishiga turtki bo'lmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru