Jeparov to'liq o'ynadi, "Seongnam"da durang

Narzulla Saydullayev
9 noya 2014, 16:36
Janubiy Koreya K-ligasida ikkinchi bosqichning 2-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Server Jeparov to'p tepayotgan "Seongnam" klubi safarda "Gvangju Sangmu"ga qarshi maydonga tushib 1:1 hisobida durang o'ynadi. O'zbekiston terma jamoasi sardori bahsda to'liq o'ynadi.

Klub keyingi o'yinni 16 noyabr kuni o'z maydonida "Geongnam"ga qarshi o'tkazadi.

"Gvangju Sangmu" - "Seongnam" 1:1
Gollar:
Juna Yang 73 penalti - Dong Xi Kim 65.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia