Jeparov to'liq o'ynadi, "Seongnam" mag'lub bo'ldi

Narzulla Saydullayev
16 iyul 2014, 13:17
Janubiy Koreya K-ligasida 15-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Hamyurtimiz Server Jeparov to'p tepayotgan "Seongnam" klubi o'z maydonida "Jeju Yunayted"ni qabul qilib 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. So'nggi o'yinlarda bo'lgani kabi Jeparov to'liq 90 daqiqa harakat qildi.

15 turdan so'ng 14 ochko to'plagan "Seongnam" musobaqa jadvalining 9-pog'onasida bormoqda. Klub keyingi o'yinni bugun, 16 iyul kuni Janubiy Koreya Futbol Assotsiatsiyasi kubogi 1/8 finali doirasida birinchi liga vakili "Gvangju FK"ga qarshi o'tkazadi.

Janubiy Koreya chempionati
"Seongnam" - "Jeju Yunayted" 1:2
Gollar:
Dong Xi Kim 33 - Grogget 36, Il Su Xvang 45

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia