
Jefri, Fransiya terma jamoasi nihoyat Jahon chempionatida o'z o'yinini topdi deb aytsak bo'ladimi?
"Topdikmi, yo'qmi bilmayman. Biz o'z ishimizni bajardik. Bo' o'yin bizni chorak finalga olib chiqdi."
Sizlar guruh bosqichidagiga qaraganda erkinroq xarakat qildinglar...
"Ha, bir muncha erkinroq, ammo biz doim shunday o'ynashga intilamiz. Bu o'yinimizni davom ettirsak “mashina ishga tushadi” deb o'ylayman. Bugun yaxshi o'yin ko'rsatdik, ammo biz shunday o'ynashda davom etmoqchimiz, ayniqsa keyingi o'yinda (O'zbekistonga qarshi)."
Guruh baxslarida Gana darvozasiga muhim gol kiritgan eding. Bu safar ham shunday bo'ldi. Bu yaxshi bir odatga o'xshayapti...
"Yaxshi odatmi, bilmayman, ammo uni davom ettirishga umid qilaman (kuladi). Biz ayniqsa ko'p gol urganimizdan xursandman. Hujumkor o'yin borasida biz sifat namoyish etdik."
Pley of o'yinlari guruh o'yinlaridan qiyinroqmi?
"Ha, chunki endi bitta o'yin taqdirimizni hal qiladi. Bu qo'shimcha bosim yuklaydi va qo'shimcha koncentraciya talab etadi."
O'zbekistonga qarshi o'yinda sizlar favoritsizlar...
"Bu boshqa o'yinlardek bir o'yin. Ular chorak finalga chiqishibdimi, demak ular bunga haqlilar. Bu qiyin bo'ladi."