JCH-2014ning eng qimmat stadionidan chakki o'tyapti

Nadirkhuja Yuldashev
25 dek 2013, 02:55
“Garrinchi” nomidagi mundial uchun qayta qurilgan stadionda muammo yuzaga keldi.
Braziliya poytaxtida 8 oy avval foydalanish uchun topshirilgan stadion vaqtinchalik ta'mirlash uchun yopib qo'yildi. Yaqinda ayollar o'rtasida bo'lib o'tgan Braziliya – Chili uchrashuvi davomida stadion tomidan chakki o'tgan. Stadion deyarli yangitdan qurilgan bo'lib, unga hukumat 509 million AQSH dollari miqdorida pul ajratgan edi. Yangi stadionga qurulish kompaniyasi 5 yillik kafolat xatini berganligi bois, endi o'z hisoblaridan ta'mirlab berishlari lozim bo'ladi.
Mazkur arenada 6ta uchrashuv o'tkazilishi tasdiqlangan. Shulardan bittasi chorak final va uchinchi o'rin uchun uchrashuv.

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: sport-express.ru