JCH-2014. Yunon askarlarining kuchi yetmadi yoxud Kolumbiyada g'alaba

Tolibjon Qosimov
15 iyun 2014, 00:54
Braziliyada davom etayotgan jahon chempionatining "S" guruhidan joy olgan Kolumbiya hamda Gretsiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda janubliklar 3:0 hisobida g'alaba qozonishdi.
O'yinning beshinchi daqiqasidayoq Pablo Armero hisobni ochdi. Gol urib olganlaridan keyin Pakerman shogirdlari hotirjam harakat qila boshlashdi. Gretsiya terma jamoasi futbolchilariga esa hujumlarni samarali yakunlash uchun aniqlik va sovuqqonlik yetishmadi.

Birinchi bo'limda maelum vaqt davomida yunonlar ustunlikni o'z qo'llariga olishdi. O'sha vaziyatlarda Kolumbiyaliklar tezkor qarshi hujumlardan foydalanishdi.



Ikkinchi bo'limda esa Gretsiya futbolchilarining kuchi qolmadi. Pakerman shogirdlari ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lishdi, ammo, ularning hammasidan ham unumli foydalana olishmadi.

58 daqiqada Aguilar tomonidan etkazib berilgan to'pni Gutierrez Karnezis qo'riqlayotgan darvozaga joylab qo'ydi.



O'tkazib yuborilgan ikkinchi goldan so'ng yunon futbolchilarining o'yinida "brak"lar ko'payib ketdi, qasidir vaziyatlarda esa omad ularga kulib boqmadi.
Kolumbiyada Falkaoning yo'qligi bilinmadi, har holda ancha bo'sh jamoa bilan o'yin edi.

Uchrashuvning asosiy vaqtiga bosh hakam Mark Geiger qo'shib bergan daqiqalarda o'yinning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Xames Rodriges chiroyli zarba bilan hisobni yiriklashtirib qo'ydi. Shu tariqa Kolumbiya dastlabki uch ochkoni qo'lga kiritdi.  



KOLUMBIYA - GRETSIYA 3:0

14 iyun. 21:00
Bosh hakam: Mark Geiger (AQSH)
Yordamchi hakamlar: Mark Sin Xurd (AQSH), Joy Fletcher (Kanada)
Zaxira hakami: Alirizo Fag'oni (Eron)

Kolumbiya – Gretsiya  3:0 (1:0, 2:0)
Gollar
: 1:0 – 5 Armero,  2:0 – 58 Guterres,  3:0 – 90 X. Rodriges.
Kolumbiya – Ospina, Suniga, Sapata, Yepes, Armero (Aryas, 74), Agilyar (Mexiya, 69), K. Sanches, Kuadrado, X. Rodriges, Ibarbo, Guterres (Dj. Martines, 76).
Gretsiya – Karnezis, Torosidis, Papastatopulos, Manolas, Xolebas, Kacuranis, Manyatis, Kone (Karagunis, 78), Salpingidis (Fetfacidis, 57), Samaras, Gekas (Mitroglu , 64).
Ogohlantirishlar: K. Sanches (26), Papastatopulos (52), Salpingidis (55).

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia