Mazkur hisob Janubiy Koreya terma jamoasiga to'plar nisbatiga ko'ra guruhda birinchi o'ringa chiqib olish imkonini berdi.
Beyrut shahrida o'tkazilgan uchrashuvning 13-daqiqasida Hasan Matuk Livan terma jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Shundan so'ng o'yindagi ustunlikni qo'liga olgan Janubiy Koreya terma jamoasi livanliklar darvozasi oldida birin ketin hujumlar uyushtira boshlashdi. Shunday bo'lsa-da, birinchi bo'limda hisob o'zgarmadi. Ikkinchi bo'limda bir qator o'zgarishlarni amalga oshirgan Janubiy Koreya terma jamoasi faqatgina o'yinga hakam qo'shib bergan daqiqalarning so'ngisi o'tib borayotganda hisobni tenglashtirishning uddasidan chiqishdi. 90+7 daqiqada zahiradan maydonga tushirilgan Kim Chi Vu hisobni tenglashtirdi. Ushbu hisob Janubiy Koreya terma jamoasini guruhda to'rlar nisbatiga ko'ra birinchi o'ringa olib chiqdi. Livan terma jamoasi esa JCH-2014 yo'llanmasi uchun kurashdan rasman chiqib ketdi.
Takidlash joiz, Janubiy Koreya terma jamoasi 9-tur uchrashuvida 11 iyun kuni o'z maydonida O'zbekiston milliy terma jamoasini qabul kiladi. Livan esa Eronda mehmon bo'ladi.
JCH-2014, 4-saralash bosqichi. 8-tur.
LIVAN - JANUBIY KOREYA - 1:1 (1:0)
GOLLAR: Hassan Matuk 13 - 1:0. Kim Chi Vu 90+7 - 1:1.
Livan: Abbos Hassan, Yusuf Muhammad, Mutaz Junaydi, Volid Ismoil, Abbos Ahmad Atvi, Hassan Matuk, Muhammad Chamas, Haytam Faur, Hassan Chayto, Muhammad Haydar, Muhammad Zayn Tahhan.
Janubiy Koreya: Jung Sung-Ryong, Shin Kvang-Xun, Kvak Tae Xvi, Kim Chi Vu, Kim Nam Il, Li Chung Yong, Kim Bo Kyung, Xan Kuk Yung (Kim Shin Vuk, 60), Kim Ki Xi, Li Dong Guk, Li Kyun Xo (Son Xen Min, 70).
Ogohlantirishlar: Volid Ismoil 59, Haytam Faur 89, Muhammad Haydar 90+9 - Li Chung Yong 18.
Chetlatish: Volid Ismoil 90+8.