JCH-2014 saralashi: Eron safarda Qatarni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
5 iyun 2013
JCH-2014 saralashi 8-turi doirasida Eron milliy terma jamoasi safarda Qatar terma jamoasini kichik hisobda mag'lubiyatga uchratdi va guruhdagi ochkolari sonini 10taga etkazdi.
Doxadagi Jasim Bin Xamad stadionida kechgan uchrashuv Eron terma jamoasining 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi. O'yinning birinchi bo'limida hisob ochilmadi. Uchrashuvning ikkinchi bo'limi 66g'daqiqasida qatarlik himoyachilarning xatosidan Eron terma jamoasi hujumchisi Rizo G'uchchanajod unumli foydalandi. Eronliklar hujumchisi qatarliklar posboni Qosim Burxonni yakkama-yakka vaziyatda dog'da qoldirib o'yinda hisobni ochdi. O'yinning qolgan daqiqalarida Karlush Keyrush shogirdlari o'yin tizginini qo'llarida ushlab turishdi va mezbonlarga imkoniyat qoldirishmadi. Shu tariqa, Eron safarda muhim g'alabaga erishdi va o'z ochkolari sonini 10taga etkazib olishdi.

Eslatib o'tamiz, Eron terma jamoasi guruhdagi keyingi uchrashuvini 11 iyun kuni o'z maydonida Livan terma jamoasini qabul qiladi. Huddi shu kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi safarda Janubiy Koreyaga qarshi to'p suradi.

JCH-2014 saralash. 4-saralash bosqichi 8-tur.
04.06.2013. A guruhi

QATAR - ERON - 0:1 (0:0)
GOL:
Rizo Gochchanajod 66
Qatar: Qosim Burhon, Bilol Muhammad, Ibrohim Al G'anim, Ibrohim Majid, Musab Mahmud, Abdulkarim Hassan (Majid Muhammad, 67), Talal Al Blushi, Vesam Riziq, Xalfan Ibroxim, Yusuf Ahmad (Abdulqodir Ilyos, 81), Hassan Xolid (Hamid Ismoil, 68).
Eron: Rahmon Ahmadi, Pejman Montazari, Amir Hussayin Sodig'i, Xusro Xaydari (G'ulomrizo Rizoi, 90+3), Javod Nekunam, Masud Shojai, Jalol Hussayni, Hoshim Bekzoda, Mujatbo Jabbori (Muhammad Rizo Xalatbari, 84), Rizo Guchchanajod (Omid Ibrohimi, 88).
Ogohlantirishlar: Bilol Muhammad 60, Qosim Burhon 81 - Rizo Gochchanajad 73.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com