JCH-2014. Ispaniya termasida Moreno, Navas va Iturraspe mundialga bormaydi

Narzulla Saydullayev
31 may 2014, 11:22
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Visente Del Boske Boliviyaga qarshi o'yindan so'ng (2:0) JCH-2014 uchun yakuniy ro'yxatdan o'rin olmaydigan uch nafar futbolchi nomini e'lon qildi.
"Sevilya" himoyachisi Alberto Moreno va yarim himoyachisi Ander Iturraspe ("Atletik") va "Manchester Siti" yarim himoyaichsi Xesus Navas Braziliyadagi mundialda ishtirok etishmaydi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatdi.

Angliya chempioni Xesus Navas Jahon chempionatida sog'ligi bilan muammolar tufayli qatnashmaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net