JCH-2013. Urugvay ikkinchi finalchi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2013
Yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatining ikkinchi finalchisi ham aniqlandi.

O'zbekiston terma jamoasi bilan bir guruhda ishtirok etgan Urugvay yoshlari yarim finalda Iroq bilan durang o'ynadi - 1:1. Penaltilar seriyasida Janubiy Amerika jamoasi omadliroq chiqdi va finalga yo'l oldi. 

Endi 13 iyul kuni musobaqaning 3-o'rini uchun kurashda Iroq va Gana maydonga tushishsa, final o'yinida Urugvay hamda Fransiya o'zaro kuch sinashishadi. 


Iroq U-20 – Urugvay U-20 1:1, penaltilar seriyasi - 6:7
10 iyul, Xyuseyn Avni Aker
Gollar:
1:0 – 34 Adnan, 1:1 – 88 Bueno.
Iroq U-20 – Xamid, Rubat (Exab, 90), Attiyya, Adnan, Nadim, Komil, Saif, Tariq, Shukor (Shukan, 85), Qosim (Najim, 81), Muhannad. 
Urugvay U-20 – de Amores, Rodriges, G. Varela, Silva, Ximenes, de Arraskaeta (Avenatti, 80), Pais, Laksalt (Rolan, 46), Kristoforo, Asevedo (Bueno, 65), N. Lopes.
Ogohlantirishlar: Rubat (55), Kasim (79), Nadji (90), Avenatti (103), Adnan (106), Bueno (114).

13 iyul
3-o'rin uchun
20:00. Gana - Iroq

Final
23:00
Fransiya - Urugvay


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia