JCH-2013 (U17). Xorvatiya U17 - Panama U17 - 1:0

Narzulla Saydullayev
21 okt 2013, 19:56
JCH-2013 ikkinchi turi doirasidagi Xorvatiya - Panama uchrashuvi bo'lib o'tdi.
O'yin taqdirini hal qilgan yagona golni xorvatlar urishdi. 26-daqiqada Ante Rogulich raqib jarima maydoni ichiga kirib borib darvozaning uzoq pastki burchagini aniq nishonga oldi - 1:0. Shu tariqa birinchi turda Marokashga mag'lub bo'lgan Xorvatiya uch ochkoga ega bo'ldi. Panama hisobida hozircha ochko yo'q.


Xorvatiya U17 - Panama U17 - 1:0
VIDEO (TAS-IX)
Gol:
Ante Rogulich 26, - 1:0.
Xorvatiya U17:
1.Marko Marich, 2.Duan, 3.Mamich, 4.Ivan Sunich, 5.Duje Kaleta-Kar, 7.Robert Murich (19.Ante Blajevich, 80), 9.Fran Brodich, 10.Alen Xalilovich, 11.Ante Rogulich (15.Boyan Knejevich, 70), 16.Franyo Prshe, 20.Elvir Maloku (8.Karlo Lulich, 52).
Panama U17: 1.Xayme De Graciya, 3.Keyn Galvan, 4.Diaz, 5.Chin Ormecha, 6.Xesus Arayya, 7.Elieser Domingez, 9.Luis Suniga (16.Vidal Gonsalez, 64), 10.Ismoil Diaz (18.Ervin Zorrilya, 59), 11.Luis Kanate (13.Stiben Santos, 78), 14.Verner Uold, 19.Milsiades Molina.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia