JCH-2013. Iroq yarim finalda!

Narzulla Saydullayev
7 iyul 2013
Turkiyada bo'lib o'tayotgan Yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatining yana bitta yarim finalchisi aniqlandi.

O'tgan yilgi yoshlar o'rtasida bo'lib o'tgan Osiyo chempionatining finalida to'qnash kelgan Iroq va Janubiy Koreya jamoalari bu safar Jahon chempionati chorak finalda o'zaro kurashishdi.

O'yin ajoyib tarzda o'tdi va jamoalar gollar shousini tashkil etib berishdi. Asosiy vaqt 2:2 hisobida tugadi. Qo'shimcha taymlar yakuniga 2 daqiqa qolganida iroqliklar hisobda oldinga o'tib olishdi. Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda esa koreyslar uchinchi bora hisobni tenglashtirishdi - 3:3. Yarim final yo'llanmasi penaltilar seriyasida aniqlanadigan bo'ldi. Unda Iroq yoshlari 5:4 hisobida g'alabaga erishishdi va yarim finalga chiqishdi. 

Endi Iroq yoshlar terma jamoasi yarim finalda Urugvayga qarshi maydonga tushadi. O'yin 10 iyul kuni Trabzon shahrida bo'lib o'tadi. 

Iroq U-20 – Janubiy Koreya U-20 3:3 (2:1, 0:1, 0:0, 1:1), penaltilar seriyasi 5:4.
7 iyul, 19.00, Kadir Xas 
Gollar:
1:0 – 21, penalti Attiyya, 1:1 – 25 Kvon Chxan Xun, 2:1 – 42 Shukor, 2:2 – 50 Li Gvan Xun, 3:2 – 118 Shukor, 3:3 – 120 Chjun Xen Chxol. 
Iroq U-20 – Xamid, Rubat, Attiyya, Adnan, Nadim, Komil (Durgam, 111), Saif, Tariq, Abdul-Xusseyn (Xantosh, 93), Shukor, Qosim (Shukan, 69). 
Janubiy Koreya U-20 – Li Chxan Gin, Son Chju Xun, En Chje Min, Kim En Xvan, Kim Sun Vu, Kan San Vu (Li Gvan Xun, 45), Li Chxan Min (Vu Chju Sun, 106), Xan Sun Gyu, Kvon Chxan Xun (Chjun Xen Chxol, 120), Shim San Min, Kim Xen. 
Ogohlantirishlar: Kim Xen (20), Nadim (38), Kan San Vu (44), Saif (49), Xan Sun Gyu (91). 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia