Jarohatini tuzatmagan Messi terma jamoadan chaqiruv oldi

Narzulla Saydullayev
24 may 2013, 18:39
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Alexandro Sabelya JCH-2014 saralashi doirasidagi Kolumbiyaga qarshi kechadigan o'yin uchun futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.
Uchrashuv 7 iyun kuni bo'lib o'tadi. 14 iyun kuni Argentina Gvatemala bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Terma jamoaga quyidagi futbolchilar chaqirildi:

Darvozabonlar - Romero ("Sampdoriya", Italiya), Anduxar ("Kataniya", Italiya);

Himoyachilar - F. Fernandes ("Xetafe", Ispaniya), Kampanyaro ("Napoli", Italiya), Sabaleta ("Manchester Siti", Angliya), Roxo ("Sporting", Portugaliya), Garay ("Benfika", Portugaliya), Basanta ("Monterrey", Meksika), Kolochchini ("Nyukasl", Angliya);

Yarim himoyachilar - Maskerano ("Barselona", Ispaniya), Banega ("Valensiya", Ispaniya), Sosa ("Metallist", Ukraina), Ginyasu ("Libertad", Paragvay), Montilo ("Santos", Braziliya), A. Fernandes ("Selta", Ispaniya), Di Mariya ("Real", Ispaniya), Lamela ("Roma", Italiya), Bilya ("Anderlext", Belgiya);

Hujumchilar - Messi ("Barselona", Ispaniya), Iguain ("Real", Ispaniya), Palasio ("Inter", Italiya), Aguero ("Manchester Siti", Angliya), Lavessi (PSJ, Fransiya).

Narzulla SaydullayevMuallif