Janubiy Koreyaga qarshi 12-o'yin

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2015, 21:40
O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogining chorak finalida Janubiy Koreyaga qarshi o'ynaydi.
Ushbu bahs jamoalarning o'zaro 12-uchrashuvi bo'ladi. Shu kunga qadar bo'lib o'tgan 11ta o'yinda koreyslar 8 marta g'alaba qozonishgan. Ikki bor bahs durang natijasi bilan tugagan. O'zbekiston Janubiy Koreyani faqat bir bor taslim qila olgan. To'plar nisbatida raqib ustun: 25:12.

E'tiborlisi ushbu yagona g'alabani dastlabki to'qnashuvga qo'lga kiritganmiz. 1994 yil Osiyo o'yinlari yarim finalida Azamat Abduraimov tomonidan urilgan gol koreyslarning mag'lubiyatini taminlagandi.

Ikki durang Jahon chempionatlari saralashida qayd etilgan. 2005 yil Toshkentda o'tgan bahsda Maksim Shackix hisobni ochgan, so'nggi daqiqada Park Chu Yun gol urib koreyslarni mag'lubiyatdan qutqarib qolgandi - 1:1.

2012 yil yana Toshkentdagi bahs durang bilan tugagan - 2:2.

Koreyaga qarshi Osiyo Kuboklarida faqat bir bor to'qnash kelganmiz. 2011 yil Qatarda bo'lib o'tgan musobaqaning 3-o'rin uchun o'yinida raqiblarimiz 3:2 hisobida zafar quchishgan.

SanaMezbon HisobMehmon

O'yin maqomi

13.10.1994O'zbekiston 1:0Janubiy KoreyaXII Osiyo o'yinlari.
12.09.1997 Janubiy Koreya 2:1O'zbekiston JCH-1998 saralashi
18.10.1997O'zbekiston 1:5Janubiy KoreyaJCH-1998 saralashi
30.03.2005 Janubiy Koreya 2:1O'zbekiston JCH-2006 saralashi
03.06.2005O'zbekiston 1:1Janubiy KoreyaJCH-2006 saralashi
05.07.2007 Janubiy Koreya 2:1O'zbekiston O'rtoqlik uchrashuvi
11.10.2008Janubiy Koreya 3:0O'zbekistonO'rtoqlik uchrashuvi
28.01.2011 Janubiy Koreya 3:2O'zbekiston Osiyo kubogi 2011
25.02.2012Janubiy Koreya 4:2O'zbekistonO'rtoqlik uchrashuvi
11.09.2012 O'zbekiston 2:2Janubiy Koreya JCH-2014 saralashi
11.06.2013Janubiy Koreya 1:0O'zbekistonJCH-2014 saralashi
 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia