Bu galgi yig'inga Mirjalol Qosimov asosan mahalliy futbolchilarni chaqirishni afzal bildi. 14 avgust kuni murabbiylar yig'indagi futbolchilarni ikkiga bo'lgan holda, o'rtoqlik uchrashuvi tashkil qildi. Bu bahsda oqlar safida o'ynagan Paxtakor yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov xet trikka erishdi va shu kuni oqlarni ko'klar ustidan 3:0 hisobidagi g'alabasiga ulkan hissa qo'shdi.
- Jamshid haqida ayni kunda ko'p gapirilmoqda. Uning ko'rsatayotgan o'yinlari hammaga manzur kelayotganligi borasida yurtimizning futbol nashrlarida o'qib bormoqdaman. Chindan ham Iskanderov ayni paytda juda yaxshi futbol namoyish qilmoqda. Uning o'yinlarini televizor orqali kuzatib, maydondagi harakatlariga tahsin o'qiyman. U juda yaxshi maydonni ko'ra oladi. To'p uzatishlari ham gap yo'q. Zamonaviy futbolda yarim himoyachilarga ko'p narsa bog'liq. Ular tez fikrlay olishi va sheriklarini qulay vaziyatlarga chiqarib yuborishi lozim. Ayni paytda bizda shunday toifadagilar kamayib bormoqda. Jamshid haqida gapiradigan bo'lsam, u maydonda o'zini juda yaxshi his qiladi. To'pni o'zida yaxshi ushlashdan tashqari, sheriklarini qulay vaziyatga chiqarishiga ham qoyil qolaman. Turkiyadagi jahon chempionatida biz Fransiyaga yirik hisobda engildik. O'sha o'yinda uning o'rni bilindi. Agar Iskanderov bo'lganida, umuman boshqacha bo'larmidi deb o'ylayman. Terma jamoada bir chizig'da ikkita teng kuchga ega futbolchilar bo'lishi kerak. Mening shaxsiy fikrimcha, Iskanderovni o'rnini bosadigan topilmadi. Uning Yangi Zelandiya, Xorvatiyaga qarshi o'yinlarda to'p oshirishlari raqib o'yinchilarini sarosimaga solganligi rost. Kutilmagan qarorlarni tez qabul qila olishligin bilan ajralib turgandi. Uning jarohat olib, musobaqada o'ynay olmasligi yaqqol sezildi. Shaxsiy fikrimcha, Iskanderovni kelajaki porloq futbolchilar sirasiga kiritaman. Faqat, u haqida bo'layotgan iliq munosabatlarga quloq solmasligi va yanada ko'proq ishlashi darkor. Mehnat qochmasdan, shu tariqa ishalb borsa, yaqin bir necha yillar ichida uni Yevropa klublarida ko'rishimiz mumkin. U bemalol o'zini boshqa mamlakatlarda ham ko'rsata oladi. Faqat, hozirgi gaplarga berilmasligi va ishlashdan to'htab qolmasa bas. Ishonamanki, Iskanderov milliy termaga ham chaqila boshladi. Toshkentdagi yig'inda ham o'zini namoyish qilib, o'rtoqlik uchrashuvida uchta gol yo'lladi. Boya aytib o'tganimdek, qattiqroq mehnat qilsa, keyingi yillardan boshlab milliy terma jamoamizda ham o'z o'rniga ega bo'lib boradi. Qolaversa, olimpiya terma jamoamiz tuzilmoqda. Unda ham o'zining ochilmagan qirralarini namoyish qilishiga umid qilyapman. Barqarorlikni yo'qotmasa, bunda yaxshiroq o'ynay olishi mumkin. Menimcha, Iskanderov professional darajaga chiqqan. Yanada ishlab, tajribasini boyitsa, o'ylagan barcha niyatlariga erisha oladi. Futbol mehnat talab qiladigan sport turi. Xudoyim ham qancha ko'p o'z ustida ishlagan va turli xil chalg'ituvchi munosabatlarga e'tibor bermasdan, ishlab borganlarni, rag'batlantirmay qo'ymaydi. Shunday ekan, men bu yigitchaning kelajakdagi faoliyatiga ulkan omadlar tilayman. O'zbek futbolida o'z o'rniga ega bo'lishiga ishonaman.
Afzal AZIZOV( Andijon klubi himoyachisi)
- To'g'risi, Jamshid Iskanderov haqida ko'p eshitgandim. Faqat, uning maydonda qanday harakat qilishini kuzatmaganim sababli, aniq fikrga ega emasdim. Biroq, uning maydonda qanday to'p surishini kuzatishni juda istayotgandim. Turkiyadagi jahon chempionati vakillarimiz bahslarini jiddiy tarzda kuzatib bordim. Ayniqsa, uning harakatlarini ko'rib, aytilayotgan gaplardan jon borligiga ishondim. Haqiqatan ham Jamshid Iskanderov juda yaxshi futbolchi ekan. Hali yosh bo'lishiga qaramay, uning maydondagi ko'rsatayotgan ishlarini ko'rib, lol qoldim. Bunday toifadagi o'yinchilarni ancha vaqtdan buyon ko'rmagandim. O'zini xotirjam tuta olishi, maydondagi sheriklariga aniq paslar berishi, to'p bilan yaxshi o'ynay olishi, meni unga bo'lgan qiziqishimni oshirdi. Xuddi, Ispaniyalik Xavining o'yinini kuzatayotgandek bo'ldim. Jamshidning harakatlari Xavinikiga o'xshash ekanligiga shubham yo'q. Biroq, uning darajasiga chiqishi uchun u hali ko'p mehnat qilmog'i darkor. Bilasizmi, Iskanderov o'z ustida ishlasa, mehnat qilib borsa, yaqin yillar ichida uni bemalol Yevropa klublarida o'ynashi mumkin deb o'ylayman. Hozirda, ko'pchilik bizning futbolchilarimiz kuchli chempionatlarda to'p surmayotganligi to'g'risida nolishadi. Bu bola esa agar o'ziga bo'lgan talabni susaytirmasa, Rossiya klublari tugul boshqa kuchli birinchiliklarda ham o'zini yo'qotmasa kerak. Milliy terma jamoamizda ham yetakchi futbolchilarning biriga aylana olsa kerak. Ko'proq uning o'ziga bog'liq. Chetdagi gaplarga qaramasdan, bor kuchi bilan mehnat qilib boraversa, yaqin yillarda tajribasini ortirib, yaxshi saviyadagi o'yinchiga aylana oladi. Uning kelgusidagi faoliyatiga faqat omadlar tilayman.
Izzatbek Abduvahobov tayyorladi
Jamshid Iskanderov so'nggi paytlarda futbolchilik qobilyatini ko'rsatishda davom etmoqda. U yoshlar terma jamoasida ham o'zining nimalarga qodirligini ko'rsata boshlaganidan so'ng, futbolchi klub tarkibida ham o'ynashni boshlab yuborgandi. Keyinchalik, futbolchi klubda ham barqaror o'yinlari tufayli, milliy terma jamoa darajasiga ko'tarildi. 1993 yilda Xorazm viloyatida tug'ilgan ushbu yarim himoyachini so'nggi vaqtlarda futbolimiz kelajaki sifatida qaralayotganligi ham rost. O'zining ajoyib to'p uzatishlari, maydonni juda yaxshi ko'ra olishi va jarima zarbalarini ham mohirona amalga oshirishi bilan muxlislar suyuklisiga aylanib kelayotgan futbolchi haqida iliq fikr bildiruvchilar soni keskin oshdi. Haqiqatan ham Iskanderovning ko'rsatayotgan o'yinlari hammaga manzur kelmoqdamikan? Shuni bilish istagida bir qator murabbiy va futbolchilarning Jamshid Iskanderov xususida fikrlarini bilishga qiziqdik.
Botir KOSHKENBOEV (Surxon klubi sobiq bosh murabbiyi)- Jamshid haqida ayni kunda ko'p gapirilmoqda. Uning ko'rsatayotgan o'yinlari hammaga manzur kelayotganligi borasida yurtimizning futbol nashrlarida o'qib bormoqdaman. Chindan ham Iskanderov ayni paytda juda yaxshi futbol namoyish qilmoqda. Uning o'yinlarini televizor orqali kuzatib, maydondagi harakatlariga tahsin o'qiyman. U juda yaxshi maydonni ko'ra oladi. To'p uzatishlari ham gap yo'q. Zamonaviy futbolda yarim himoyachilarga ko'p narsa bog'liq. Ular tez fikrlay olishi va sheriklarini qulay vaziyatlarga chiqarib yuborishi lozim. Ayni paytda bizda shunday toifadagilar kamayib bormoqda. Jamshid haqida gapiradigan bo'lsam, u maydonda o'zini juda yaxshi his qiladi. To'pni o'zida yaxshi ushlashdan tashqari, sheriklarini qulay vaziyatga chiqarishiga ham qoyil qolaman. Turkiyadagi jahon chempionatida biz Fransiyaga yirik hisobda engildik. O'sha o'yinda uning o'rni bilindi. Agar Iskanderov bo'lganida, umuman boshqacha bo'larmidi deb o'ylayman. Terma jamoada bir chizig'da ikkita teng kuchga ega futbolchilar bo'lishi kerak. Mening shaxsiy fikrimcha, Iskanderovni o'rnini bosadigan topilmadi. Uning Yangi Zelandiya, Xorvatiyaga qarshi o'yinlarda to'p oshirishlari raqib o'yinchilarini sarosimaga solganligi rost. Kutilmagan qarorlarni tez qabul qila olishligin bilan ajralib turgandi. Uning jarohat olib, musobaqada o'ynay olmasligi yaqqol sezildi. Shaxsiy fikrimcha, Iskanderovni kelajaki porloq futbolchilar sirasiga kiritaman. Faqat, u haqida bo'layotgan iliq munosabatlarga quloq solmasligi va yanada ko'proq ishlashi darkor. Mehnat qochmasdan, shu tariqa ishalb borsa, yaqin bir necha yillar ichida uni Yevropa klublarida ko'rishimiz mumkin. U bemalol o'zini boshqa mamlakatlarda ham ko'rsata oladi. Faqat, hozirgi gaplarga berilmasligi va ishlashdan to'htab qolmasa bas. Ishonamanki, Iskanderov milliy termaga ham chaqila boshladi. Toshkentdagi yig'inda ham o'zini namoyish qilib, o'rtoqlik uchrashuvida uchta gol yo'lladi. Boya aytib o'tganimdek, qattiqroq mehnat qilsa, keyingi yillardan boshlab milliy terma jamoamizda ham o'z o'rniga ega bo'lib boradi. Qolaversa, olimpiya terma jamoamiz tuzilmoqda. Unda ham o'zining ochilmagan qirralarini namoyish qilishiga umid qilyapman. Barqarorlikni yo'qotmasa, bunda yaxshiroq o'ynay olishi mumkin. Menimcha, Iskanderov professional darajaga chiqqan. Yanada ishlab, tajribasini boyitsa, o'ylagan barcha niyatlariga erisha oladi. Futbol mehnat talab qiladigan sport turi. Xudoyim ham qancha ko'p o'z ustida ishlagan va turli xil chalg'ituvchi munosabatlarga e'tibor bermasdan, ishlab borganlarni, rag'batlantirmay qo'ymaydi. Shunday ekan, men bu yigitchaning kelajakdagi faoliyatiga ulkan omadlar tilayman. O'zbek futbolida o'z o'rniga ega bo'lishiga ishonaman.