Zerikdingiz-mi? Viktorinada bilimingizni sinab ko'ring

Futbol olamida yuzaga kelgan kutilmagan tanaffus vaqtida saytimiz xodimlari sizni turmush tashvishlaridan chalg'itib, hordiq chiqarishingiz uchun baholiqudrat harakat qilishyapti.

Endi siz uchun "millionlar o'yini"ga oid bilimlaringizni sinovdan o'tkazib, yanada mustahkamlab olish imkoniyati ham yaratildi. Quyida Faxriddin Ro'ziev muallifligi ostida "Shampionat.asia" sayti orqali e'tiboringizga havola qilingan maqolalar asosida tuzilgan engil darajadagi savollar keltirildi. Ishonamizki, foydalanuvchilarimiz barcha savollarga bexato javob berishadi. (Tasdiqlovchi javoblar bilan 21:00da tanishishingiz mumkin)

1. YCHL finalida maydonga tushib, yakunda musobaqa g'olibiga aylangan so'nggi italiyalik futbolchi kim?

2. Pol Ins, Rio Ferdinand, Frenk Lempard, Jo Koul, Maykl Karrik, Jermeyn Defo, Glen Jonson singari angliyalik futbolchilarni birlashtirib turadigan jihatni bilasizmi?

3. Bu natijaga Angliyadan "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Blekpul", Rossiyadan "Dinamo" (Moskva), Ukrainadan Kievning "Dinamo"si, Chexiyada "Dukla" (Praga), Vengriyada "Ferencvarosh" klubi futbolchilari erisha olgan. Gap nima haqida boryapti?

Marhamat, javoblar bilan birga o'z fikrlaringiz bilan ham o'rtoqlashing. Saytimiz  orqali qanday loyihalar tashkillashtirilishini xohlaysiz?


Manba: championat.asia